Yangiliklar

G’amxo’rlik guruhi
2015-04-17 14.02.27
Keksalarni e’zozlash yili davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida maktab o’quvchilar o’rtasida boquvchisi yo’q, nogiron keksalar xolidan xabar olish maqsadida “G’amxo’rlik guruhi” tashkil etildi. 17 aprel kuni guruh a’zolari maktab hududi atrofida joylashgan Sariqamish ko’chasida joylashgan xonadonlardagi yolg’iz keksalarni uyiga tashrif buyurib ularning xolidan xabar oldilar. Bunday ishlar o’quvchilar o’rtasida keksalarga xurmatda bo’lishni o’rgatadi. Tashrif buyurilgan xonadonlardagi qariyalar ancha xursand bo’ldilar. O’ylaymizki, o’quvchilarimiz tomonidan bunday savobli ishlar xali ko’p bo’ladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A.Xodjayev

9-aprel Amir Temur bobomiz tug’ilgan kun

woKHvqPAZcQ

Sohibqiron Amir Temur uzoqni ko‘ra bila oladigan siyosatdon sifatida alohida feodal kichik-kichik davlatlardan kuchli siyosat va adolat hukmronlik qilgan buyuk mamlakat yaratdi. Bugungi kunga kelib ham mustaqil davlatlar boshqarilishida Amir Temur davridagi siyosat, boshqaruv uslublari ommabop hisoblanadi.
Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘). Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan.

sTm7C3Ze8Bc

Temur otasi amir Tarag‘ay Chig‘atoy beklarining qurultoylarida muntazam qatnashgan. 1355 yil Turmush-og‘a amir Jaku Barlosning qiziga uylanadi. Movarounnahr bosh amiri Qazog‘on Amir Temur qobiliyatidan faxrlanib unga nevarasi Uljay Turkan og‘ani nikohlab beradi. Ushbu nikoh sharofati bilan Amir Temur va Qazog‘on nevarasi amir Husayn ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda juda katta qo‘l keladi. 1356 yilda Amir Temurning 2 o‘g‘li dunyoga keladi — Jahongir va Umar Shayx.
1370 yil Amir Temur Balxdagi qurultoyda Turonga bosh amir etib saylanadi. Chingizzodalardan Saroy Mulk Xonim bilan qurilgan nikohi Amir Temurga “Ko‘ragoniy” – “xonning kuyovi” degan faxriy nomni oladi.
Amir Temur o‘zi yaratgan mamlakatga poytaxt qilib Samarqand, oldingi So‘g‘diyona (hozirgi Afrosiyob) yaqinini tanlaydi. Amudaryo va Sirdaryo orasi, Farg‘ona va Shosh davlatlarini o‘ziga bo‘ysundirgan Amir Temur o‘zining bosqinchilik xarakatlarini boshlab yuboradi.
Amir Temur o‘zining O‘rta Osiyoda 35 yillik hukmronlik davri (1370-1405) davom etadi. Bu davr ichida u juda katta imperiyaga asos soladi. Bunda Inda va Gangadan Sirdaryoning Zarafshonigacha, Tyan-Shandan Bosforgacha bo‘lgan masofani o‘z ichiga oladi. Sohibqironning umri deyarli harbiy safarlarda o‘tadi.

uz7-

Amir Temur 1405 yil Xitoyga bo‘lgan yurishi safarida Ortrare davlatida vafot etadi.
Temuriylar hukmronligi 1360-1530 yillarni o‘z ichiga oladi. Bunda Amir Temur (1336-1405 yil), Zahiriddin mirzo Bobur (1471-1530 yil), hamda shoh Ismoil (1499-1524 yil) davrini o‘z ichiga oladi. Ammo temuriy davrining eng gullab yashnagan yillari Temurning 4-chi o‘g‘li Shohruxning Hirotdagi 40 yillik hukmronlik vaqti va uning o‘g‘li Ulug‘bekning Samarqandning oltin ravnaq topgan asri hisoblanadi.

984b27ca0bd6b5a77fad1ba4fb988d4c
Temur davrida turli diniy vakillarining ittifoqi talab etilgan. Buni machit, madrasa va maqbaralar qurilishida ham kuzatsa bo‘ladi. Masalan, Samarqandagi “Juma” masjidi, “Go‘ri amir” maqbarasi, “Shohi Zinda” me’morchilik ansambli, Shahrisabzdagi “Dorus-Saodat” maqbarasi, Buxoroda “Chashmai Ayub” maqbarasi, Turkistonda “Xoji Ahmad Yassaviy” maqbarasi .
Sohibqironning “Bizning kuch-qudratimizga shubhalansangiz, biz qurgan binolarga boqing ” so‘zlari isboti yuqorida sanab o‘tilgan binolarni bugungi kunimizga qadar savlat to‘kib turishidan bilsangiz bo‘ladi. Bizning vazifamiz esa munosib ajdodlarimizga munosib avlod bo‘la olishimizda.

А.Темур (карта)

MAVZUGA OID FOTO LAVHALAR
tar73789

«Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015 yilning «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan:

1. «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish;

keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qo‘shgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, birinchi navbatda, yolg‘iz qariyalar va nogironlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan ta’minlash uchun mahallalar, «Nuroniy» jamg‘armasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash miqyosini oshirish;

faxriylar va yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini ko‘paytirish, ko‘rish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda ta’minlash, keksalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriya-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;

mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shgan, sog‘lom va barkamol unib o‘sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulug‘ insonlarning o‘rni va obro‘sini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘usi ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;

har bir keksaga har tomonlama e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi bo‘yicha klublar tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, televideniye, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarda yoshi ulug‘ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus ko‘rsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini ko‘paytirish;

mahallalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat ko‘rsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 dekabrdagi 4393-farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika komissiyasiga (Sh.Mirziyoyev) «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.

Respublika komissiyasi: bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin va ularning zimmasiga Davlat dasturida belgilangan vazifalarni so‘zsiz, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklasin;

ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punktlarining «Keksalarni e’zozlash yili» bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin;

respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari darajasida tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirsin va ushbu tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;

har chorak yakunlari bo‘yicha «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berib borsin.

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi:

bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi o‘rtasida «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng ko‘lamda yoritilishini;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015 yil 18 fevral

Якуний давлат аттестациясидан ўтказиш ва синфдан синфга кўчириш бўйича босқичли назорат имтиҳонларини ташкил этиш
image-0001 (Копировать) (2)image-0002 (Копировать) (2)image-0003 (Копировать) (2)image-0004 (Копировать) (2)
Maktabimizda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng qo’llanilmoqda
Maktabimizda doimiy ravishda o’qituvchilar o’rtasida ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish haqida o’quv seminarlari va yig’ilishlar bo’lib o’tadi. Yig’ilishlar samarasiz ketgani yo’q, sababi o’qituvchilar kompyuter texnikasi yordamida dars o’tsa vaqtini tejab ko’p ma’lumotga ega bo’lishini shu bilan birga ko’zlangan natijaga erishishini tushunib yetdi. Hozirgi kunga kelib maktabimizda 60%dan ortiq o’qituvchilar shaxsiy noutbuklariga ega. Ular o’z qo’llari bilan dars ishlanmalarini, ko’rgazmali audio, video, multimediali materiallarni yaratib dars o’tmoqdalar. Respublika ta’lim markazi tomonidan chiqarilgan tavsiyalar, Xalq ta’limi vazirligi, multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan elektron axborot-ta’lim resurslari, elektron darsliklardan muntazam ravishda foydalanib dars o’tmoqdalar. Ayniqsa, 2014-2015 o’quv yilida 1-sinflar uchun mo’ljallangan 7 turdagi elektron axborot-ta’lim resursi, 2-sinf uchun ingliz tili fanidan “Kid’s English” kitobi va elektron axborot-ta’lim resursi pedagog va o’quvchilarga manzur bo’ldi. Yaqinda informatika xonamiz internet tizimiga ulandi. Xonadagi mavjud barcha 15 ta kompyuterda bemalol bir vaqtning o’zida tarmoqqa chiqish imkoniyati yaratildi. Hozirda internet orqali o’qituvchilarimiz ta’lim saytlari orqali o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olib dars jarayonida foydalanishmoqda. O’quvchilar ham internet orqali o’z bilimlarini kengaytirmoqdalar. Hozirgi kunda maktab jamoasi “Umumta’lim muassasalari o’qituvchilari va o’quvchilari o’rtasida “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari-2015”, “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar-2015” ko’rik-tanlovlariga jiddiy tayyorgarlik ko’rishmoqdalar. Maktab jamoasi ushbu tanlovlarda yaxshi o’rinlarni olishadi degan umiddamiz chunki, bizda g’olib chiqish uchun imkoniyatlar yetarli.

АКТ укитиш 1

АКТ укитиш 6

АКТ укитиш 10

АКТ укитиш 12

Kruglaya krishka diska (ingliz tili)
Qo’qon shahar 42-umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Avazxon Xodjayev

2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili

keksalarni_ezozlash1
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2015-yilga mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili deb nom berildi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabhalardagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar zamirida inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo‘lmay o‘sishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam.
Prezidentimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2015-yilni mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili, deb e’lon qilishi ham inson va uning hayotiga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning amaldagi namunasi sifatida yurtimiz tarixi zarvaraqlarida muhrlanib qolishi shubhasiz.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan «o‘zbek modeli» samaralari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat ana shu taraqqiyot modelining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu tamoyil asosida o‘tgan davrda mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlar, kam ta’minlanganlarni manzilli ijtimoiy muhofazalash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholi yalpi daromadlari 8,7 barobar o‘sdi. Xalqimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 75,8 yoshga yetdi.
Keksalarni e’zozlash yilida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengayishi shubhasizdir.
Bular xalqimizning turmush darajasi va sifati tobora ortib borayotganidan, yoshi ulug‘ odamlarimiz yaxshi niyat, ertangi kunimizga katta umid bilan yashayotganidan, ularning qalbi sofligidan dalolatdir.

3207

Mamlakatimizda piru badavlat otaxon va onaxonlarimizni qadrlash, ularga ajratilayotgan pensiyalar hajmini muttasil oshirib borish doimiy e’tiborda bo‘lib kelayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni urush va mehnat faxriylarini e’zozlash yo‘lidagi ezgu va savobli ishlarning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.
Farmonga binoan 2015-yildan boshlab 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari yiliga bir marta o‘zlari uchun maqbul muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamda respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul sog‘lomlashtiriladi.
Prezidentimiz Konstitutsiya bayramidagi ma’ruzasida har qanday jamiyatning yoshi ulug‘ odamlarga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligi uning madaniy darajasini belgilashini, sodda qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylanganini alohida ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning farmoni bilan har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining rag‘batlantirilishi ular uchun nafaqat moddiy, balki katta ma’naviy-ruhiy madad bo‘layotir. Nuroniylarimizning bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka, bugungi tinch va osuda turmushimizga shukronasi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchlari ularning dil so‘zlarida o‘z aksini topmoqda.

40 Responses to “Yangiliklar”

  1. free dating sites,free dating site
    online dating free,dating site http://freedatingste.com/

  2. online assignment help http://essay2y.com/ help me with my research paper Smavao cbgtor

  3. speechwriters http://essaynyc.com/ write my essay help Ginhgg rpbwlw

  4. cheap essays online http://essayhhelp.com/ help with essays Adgsfp btdlsh

  5. buy generic ventolin inhalator http://allergicpls.com/ essay writing assistance Ywdtay neimbh

  6. buy singulair online http://allergicxl.com/ my childhood essay writing Ykfpkx qfhxmf

  7. antibio http://antibioticpl.com/ essays done for you Spymmo ddqkbv

  8. free online dating websites https://freedatingsiteall.com

  9. buy antibiotics for bv online http://antibioticxp.com/ buy an assignment Gmyzvr bpsjsn

  10. buy bv antibiotics http://antibiopll.com/ best website for writing essays Yfplrq vhhxra

  11. discount cialis no rx http://edppharmacy.com/ term paper service Gtxoul enrhur

  12. cialis for sale http://pisiapills.com/ cheap custom essays Ccbdir tbzhfb

  13. cialis online reviews http://edsilap.com/ cheap custom essay Bqavsq hoalts

  14. cialis 10 mg patient directions http://edsilap.com/ essays help Bfghnn dquffw

  15. buy viagra internet http://viagarar.com/ academic writing uk Lepfhs ankyii

  16. best online viagra http://virviaga.com/ help with my assignment Gckbte kstwsb

  17. viagra prices http://usviagpll.com/ how to write a hiring letter Mokgkz mzytwj

  18. treatment for ed http://pllsed.com/ cheap essay online Xooovn jvaoav

  19. ed treatment review http://strongplled.com/ my father essay writing Dcettx quzyto

  20. canadian pharmacies online http://phapll.com/ buy essay now Mpnogw gnaklt

  21. canadian pharmacy no prescription needed http://strongpha.com/ how to write an essay about my family Utebct eqmpwh

  22. big fish casino online http://realgamescas.com/ help with essay writing Mupund vvslhw

  23. cheap essay writer http://payxessays.com/ help with research paper Esgoqy noldzq

  24. essay for you http://writexessays.com/ essays done for you Sjzncz ykcyjz

  25. fucidin tablets http://antibitc.com/ college essay service Lpuyaw pbjsgq

  26. order augmentin http://abiotab.com/ order an essay online Lpfsen fkjdvc

  27. cialis online no prescription http://ciapili.com/ online thesis writing Gzfxyk ciwega

  28. best place to buy cialis http://edpll.com/ cheap paper writing Nghlxm wufanh

  29. affordable dissertation writing http://essaywrw.com/ write my assignment for me Ugvlyh vdphfx

  30. best essay writing websites http://wrtessay.com/ buy essay service Bvuibj pktljq

  31. slots real money http://cacinowina.com/ best online casino real money Daofuh eibdhv

  32. best online casino for money http://cacinobz.com/ casino slot games Xwnlqo avuhne

  33. mba essay service http://boessay.com/ help writing a paper Btqctx oajwlm

  34. write research paper http://geivermectin.com/ i need a paper written for me Ulqivh lrqmza

  35. essay helper http://ivermectinpls.com/ cheap paper writing services Pgvwvr ggmwbj

  36. modafinil and alcohol http://modafinipls.com/ provigil for adhd Xqhxyl lxxvyb

  37. modafinil 100 mg http://provipls.com/ modafinil for sale Qquvvi chvhvb

  38. purchase stromectol online – ivermectin 10 mg ivermectin pills canada

  39. buy liquid ivermectin – http://stromectopl.com/ cheap stromectol

  40. impotence definition – http://erectilexpill.com/ ed cures that actually work

Leave a Reply